Respublika ishchi guruhi Olmaliqda!
2026-08-04 17:15:00 / Yangiliklar

Yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish hamda davlat yoshlar siyosatini joylarda yanada samarali tashkil etish maqsadida Respublika ishchi guruhi Olmaliq shahriga tashrif buyurdi. Yoshlar markazida ma'naviy-ma'rifiy va amaliy uchrashuv o‘tkazilib, unda Respublika ishchi guruhi a'zolari hamda mahalla yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.
Muloqot davomida mahallalarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning muammo va tashabbuslariga tezkor yechim topish, shuningdek, yoshlar uchun yaratilgan davlat dasturlari, imtiyoz va loyihalardan samarali foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlar yetakchilari faoliyatida uchrayotgan muammolar yuzasidan fikr almashilib, amaliy tavsiyalar berildi.
Uchrashuv yakunida yoshlar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, mahallalarda manzilli va tizimli faoliyatni kuchaytirish hamda yoshlarning bandligi, ta'limi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

