Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi
2026-08-05 11:45:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining farmoyishiga muvofiq, Ohangaron shahrida kiberjinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida o‘quv seminari o‘tkazildi. Seminarda Toshkent viloyati IIBB 2-mintaqaviy hududiga kiruvchi Angren, Olmaliq, Ohangaron shaharlari hamda Piskent va Ohangaron tumanlari ichki ishlar organlari xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga kiberjinoyatlarning zamonaviy turlari, internet firibgarliklarini aniqlash va oldini olish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, bank kartalari hamda ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
Seminar yakunida kiberjinoyatlarning oldini olish, aholi o‘rtasida raqamli xavfsizlik madaniyatini yuksaltirish hamda davlat organlarida kibertarg‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish muhim vazifalardan biri ekani alohida ta’kidlandi.



