Sayyor qabulga marhamat!
2026-07-18 09:10:00 / E`lon
Olmaliq shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, polkovnik Shermatov Sherzod Rustamovich tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolariga yechim topish maqsadida 2026-yil 19-iyul kuni soat 10:00 da Bobur MFY binosida sayyor qabul o‘tkaziladi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarni qiynayotgan masalalar, taklif va murojaatlar amaldagi qonunchilik asosida ko‘rib chiqilib, mutasaddilar ishtirokida tegishli choralar belgilanadi.
Hurmatli fuqarolar! O‘zingizni qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan sayyor qabulda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.
