Mustaqillik to‘ylariga marhamat!
2026-07-20 10:25:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Olmaliq shahrining Ahmad Yassaviy, Tinchlik va Navro‘z mahallalari aholisi uchun bayramona "Mustaqillik to‘ylari" tadbiri bo‘lib o‘tadi.
Bayram 21-iyul kuni soat 19:00 da 12-sonli umumta'lim maktabi hududida tashkil etiladi. Tadbir dasturidan estrada xonandalarining konsert chiqishlari, shoir va ma'rifatchilar bilan uchrashuv, sportchi yoshlarning ko‘rgazmali chiqishlari, turli yo‘nalishlarda yuksak natijalarga erishgan o‘quvchilarni tantanali taqdirlash marosimi hamda qiziqarli sahna ko‘rinishlari va ko‘ngilochar dasturlar o‘rin olgan.
Aziz yurtdoshlar! Sizni va oila a'zolaringizni Vatanga muhabbat, birlik va g‘oyalari mujassam bo‘lgan ushbu bayram shodiyonasiga taklif etamiz. Keling, Mustaqilligimizning 35 yilligini mahalladoshlar bilan birgalikda, ko‘tarinki kayfiyatda nishonlang!
