Deputat kutubxona faoliyatini o`rgandi
2026-07-21 16:25:00 / Yangiliklar

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Sevar Qodirova tomonidan "Kimyogar" mahallasi hududidagi kutubxona faoliyati o‘rganildi. Jarayonda mahalla yoshlar yetakchisi ishtirok etib, yoshlarning kutubxonadan foydalanish darajasi, kitobxonlikni targ‘ib etish hamda yozgi ta’til davrida ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
O‘rganish davomida kutubxona fondini zamonaviy va badiiy adabiyotlar bilan boyitish, yoshlarni mutolaaga keng jalb etish hamda ular uchun qulay sharoitlarni yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.
Shuningdek, o‘rganish natijalari asosida belgilangan vazifalar ijrosi nazoratga olinishi ta’kidlandi. Jarayonda Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyatidan biriktirilgan mas’ul xodim Mukarram Ne’matullayeva ham ishtirok etdi.
