Mavsumga tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda
2026-07-14 11:30:00 / Yangiliklar

2026–2027-yillar kuz-qish mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish hamda ta’lim muassasalarini mavsumga puxta tayyorlash maqsadida Olmaliq shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Husniddin Turg‘unboyev rahbarligida barcha ta’lim muassasalarida tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Ayni paytda muassasalarning texnik holati, joriy ta’mirlash, obodonlashtirish, hududlarni tartibga keltirish va muhandislik kommunikatsiyalarining mavsumga shayligi o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari maxsus shtab tomonidan doimiy nazoratga olingan.


