Dual ta`lim: ta`lim va amaliyot uyg`unligi
2026-07-14 15:15:00 / Yangiliklar

Olmaliq shahridagi 1-sonli texnikumda maktabgacha ta'lim yo'nalishida dual ta'limni yo'lga qo'yishga bag'ishlangan seminar tashkil etildi.
Tadbirda shahar hokimi o'rinbosari Ergash Abdurayimov ishtirok etib, ta'limning ushbu shakli ham nazariy bilim olish, ham amaliy ko'nikmalarni ish joyining o'zida mustahkamlash uchun yaratilgan keng imkoniyatlar haqida batafsil ma'lumot berdi. Texnikum hamda Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi hamkorligida o'tkazilgan seminarda sohaga qiziqish bildirgan yoshlar, shuningdek, ayni paytda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida faoliyat yuritib, o'z malakasini oshirish istagida bo'lgan mutaxassislar faol ishtirok etib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Agar siz ham ta'lim va mehnat faoliyatini bir vaqtning o'zida olib bormoqchi bo'lsangiz, 1-sonli texnikumga hujjat topshirishingiz mumkin. Dual ta'lim tizimi 11-sinfni tamomlagan bitiruvchilar hamda avval boshqa yo'nalish bo'yicha o'rta maxsus ma'lumotga ega bo'lgan fuqarolar uchun ayni muddaodir. Bu o'qish jarayoni sizga ham kasbiy ko'nikmalarni amalda sinash, ham nazariy tayyorgarligingizni yuqori pog'onaga ko'tarish imkonini beradi.


