Muhim qarorlar qabul qilindi
2026-07-14 17:15:00 / Yangiliklar

Bugun, 14-iyul kuni Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining VII chaqiriq 46-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada huquqbuzarliklar profilaktikasi, mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari va jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish, adliya organlari faoliyati, aholi salomatligi hamda deputatlarning saylovchilar oldida hisobot berish grafigiga oid masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, shahar IIB, Adliya bo‘limi va Tibbiyot birlashmasi rahbarlarining 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha hisobotlari eshitildi. Deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Sessiyada ochiqlik va shaffoflik ta’minlanib, jarayonlar ommaviy axborot vositalari va shahar Kengashining rasmiy Facebook sahifasi orqali jonli efirda yoritildi.






