Tadbirkorlar diqqatiga!
2026-07-07 07:55:00 / E`lon
Ertaga, 8 iyul kuni soat 11:30 da hokimlik binosida Olmaliq shahar hokimi Barhayot Meliyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tadi. Muloqot davomida tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan muammolar, mavjud masalalar hamda yangi taklif va tashabbuslar muhokama qilinadi. Barcha tadbirkorlar uchrashuvda ishtirok etishlari, o‘zlarini qiynayotgan muammolar yuzasidan murojaat qilishlari va takliflarini bildirishlari mumkin.
