Ziyolilar bilan ochiq muloqot
2026-07-09 17:00:00 / Yangiliklar
Ziyolilar har qaysi jamiyatning ma’naviy tayanchi, yoshlar tarbiyasida esa muhim ko‘makchi hisoblanadi. Ularning ilm-fan va madaniyat sohasidagi faoliyati hudud taraqqiyotida alohida o‘rin tutadi.
Shu maqsadda Olmaliq shahar hokimligida shahar hokimi, Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi raisi Barhayot Meliyev ishtirokida ta’lim va ilm-fan namoyandalari bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda mamlakatimizda kechayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalalari muhokama qilindi. Ziyolilar tomonidan kitobxonlikni ommalashtirish hamda jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash bo‘yicha muhim taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
Tadbir yakunida shahar taraqqiyoti va aholi farovonligini yuksaltirishda davlat organlari hamda ziyolilar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib olindi.
