IIBda “Ochiq eshiklar kuni”
2026-07-09 17:20:00 / Yangiliklar

Olmaliq shahar IIB binosida “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan yoshlar uchun ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida ishtirokchilar ichki ishlar organlari faoliyati, xodimlarning kundalik xizmat vazifalari hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
Jarayonda yoshlarga zamonaviy xizmat avtomobillari, maxsus texnika va vositalar namoyish etildi. Shuningdek, ichki ishlar organlarida xizmat qilish tartibi, sohaning mas’uliyati, sharafli jihatlari va mavjud imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuv qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga Olmaliq shahar IIB boshlig‘i, polkovnik Sh. Shermatov tomonidan atroflicha javoblar berildi.




