Olmaliqqa 250 million dollarlik yirik investisiya kiritilmoqda
2026-06-12 16:50:00 / Yangiliklar

Olmaliq shahar hokimligida Xitoy Xalq Respublikasining “Bing Shing Holdings Limited” kompaniyasi vakillari bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida shaharning investisiyaviy salohiyatini yanada oshirishga qaratilgan, qiymati 250 million dollarlik yirik investision loyiha muhokama qilindi. Ushbu hamkorlik doirasida hududda zamonaviy ishlab chiqarish korxonasini barpo etish va yangi istiqbolli yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.
Loyihaning bosh maqsadi shaharda tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatish sohalarini kengaytirish, aholi uchun qulay ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar yaratish hamda hududning investisiyaviy jozibadorligini oshirishdan iborat. Eng muhimi, mazkur yirik loyihaning hayotga tadbiq etilishi natijasida olmaliqliklar uchun yuzlab yangi va barqaror ish o‘rinlari yaratiladi.


