Yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglandi
2026-07-10 14:15:00 / Yangiliklar

Olmaliq shahrining «Kimyogar» MFYda yoshlar va yosh tadbirkorlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda Olmaliq davlat texnika instituti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Jasur Razzoqov, Olmaliq shahar prokurori Abdumalik Quldashev hamda shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Ixtiyor Aliyev ishtirok etib, yoshlar bilan samimiy suhbat o‘tkazdi.
Muloqot davomida o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan va tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglandi. Mas’ullar tadbirkorlikni rivojlantirish, davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish va biznesni muvaffaqiyatli boshqarish yuzasidan amaliy tavsiyalar berdi.
Shuningdek, yoshlar tomonidan ko‘tarilgan qator masalalar muhokama qilinib, ayrim murojaatlar joyida hal etildi, tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi.



