Yoshlar va qonun: ochiq muloqot maydoni
2026-04-16 17:20:00 / Yangiliklar

Mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni “Yoshlar bilan uchrashuv” kuni deb belgilangani navqiron avlod vakillarining muammolarini tinglash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda yangi tizim yaratdi. Ushbu an’ana doirasida Olmaliq shahridagi 2-sonli umumta’lim maktabida shahar prokurori Abdumalik Qo‘ldoshev ishtirokida tashkil etilgan ochiq muloqot o‘quvchilar uchun nafaqat qiziqarli suhbat, balki kelajakdagi maqsadlarini belgilab olish uchun muhim maydonga aylandi.
Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida yuqori sinf o‘quvchilari ta’lim sifatini oshirish, to‘g‘ri kasb tanlash va yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Shuningdek, muloqotda yoshlarning huquqiy savodxonligini yuksaltirish masalasiga alohida urg‘u berilib, bu kabi tadbirlar o‘quvchi-yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlari va vatanparvar insonlar bo‘lib voyaga yetishlariga xizmat qilishi ta’kidlandi.


