Xalq bilan muloqot – ustuvor vazifa
2026-04-17 16:55:00 / Yangiliklar
«Mirzo Ulug‘bek» mahallasida aholi muammolarini o‘rganish va hal etish maqsadida navbatdagi ommaviy sayyor qabul tashkil etildi. Tadbirda shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M. Minavarova hamda Adliya bo‘limi rahbari U. To‘laganov ishtirok etib, fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qildilar.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda fuqarolardan jami 9 ta murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaatlarning asosiy mazmunini kasb-hunarga o‘qitish, oilaviy nizolarni bartaraf etish va muhtojlarga moddiy yordam ko‘rsatish kabi ijtimoiy masalalar tashkil etdi. Qabul yakunlariga ko‘ra, murojaatlarning 6 tasi joyida ijobiy hal etilib, fuqarolarning muammolari bartaraf etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab qiladigan qolgan masalalar bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi nazoratga olingan holda tegishli mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirildi.
