OZODA - TOSHKENT VILOYATI BOSQICHI G‘OLIBI!
2026-04-21 18:05:00 / Yangiliklar
Kitob — qalb chirog‘i, tafakkur xazinasidir. Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan davrda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va yoshlarni mutolaaga qiziqtirish eng muhim vazifalardan biriga aylandi. Ana shunday ezgu maqsad yo‘lida tashkil etilgan “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida 20–30 yosh toifasida olmaliqlik Ozoda Yunusova faxrli 1-o‘rinni egalladi.
Musobaqa davomida Ozoda o‘zining yuksak intellektual salohiyati bilan hakamlar hay’atining e’tirofiga sazovor bo‘lib, tanlovning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Toshkent viloyati sharafini mamlakat miqyosida himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan g‘olibamizga hal qiluvchi bosqichda ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
