Hokim kubogi doirasidagi musobaqalar qizg‘in va murosasiz ruhda davom etmoqda
2026-04-22 13:15:00 / Yangiliklar
Kecha o‘tkazilgan bahslarda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi jamoasi Obodonlashtirish boshqarmasi vakillari ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi, “Inson” markazi esa Kadastrchilar jamoasini mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Har bir uchrashuvda jamoalar g‘alaba uchun bor kuchini ishga solayotgani musobaqaga alohida shiddat bag‘ishlamoqda.
Bugun ham muxlislarni qiziqarli va keskin bellashuvlar kutmoqda. Soat 18:00 da 3-sonli texnikum (sobiq Kon-metallurgiya kolleji) sport maydonida Soliqchilar “Angren bunyod fayz” jamoasiga qarshi maydonga tushadi, shuningdek, Ichki ishlar bo‘limi va Tibbiyot xodimlari o‘rtasidagi uchrashuv ham murosasiz kechishi kutilmoqda.
Barcha jamoalarga omad tilaymiz!
