Yosh oilalarga maxsus sertifikatlar topshirildi
2026-04-22 18:05:00 / Yangiliklar

Olmaliq shahar "Saxovat" mahalla fuqarolar yig‘inida turmush qurish arafasidagi yigit va qizlar bilan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda oila muqaddasligi, kelin va kuyovning vazifalari, qaynona-qaynotaga bo‘lgan yuksak hurmat hamda oiladagi sabr-toqatning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Tajribali nuroniylar va jamoatchilik vakillari o‘z hayotiy misollari bilan yoshlarda milliy qadriyatlarimizga nisbatan mehr va mas’uliyat tuyg‘usini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratdilar.
Tadbir yakunida shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Minavarova tomonidan 10 juft yosh oilaga maxsus sertifikatlar topshirildi.

