“Yangi O‘zbekiston olimpiadasi”ning shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi
2026-03-27 18:20:00 / Yangiliklar

Olmaliq shahrida Taekvondo WTF bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston olimpiadasi” shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqa yosh avlodning jismoniy tayyorgarligini oshirish, ularning professional salohiyatini yuzaga chiqarish hamda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
Shiddatli va murosasiz kechgan bellashuvlarda ishtirokchilar o‘zlarining g‘alabaga bo‘lgan yuksak intilishlari va mahoratlarini namoyish etib, tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo‘ldilar.
Tadbir yakunida munosib deb topilgan g‘olib va sovrindorlar Olmaliq shahar hokimi tomonidan munosib taqdirlanib, musobaqaning keyingi bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmalarni qo‘lga kiritdilar.


