Xotin-qizlar murojaatlari doimiy e`tiborda!
2026-03-28 18:10:00 / Yangiliklar

Olmaliq shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda mutasaddi tashkilotlar hamkorligida tasdiqlangan jadval asosida Islom Karimov mahallasida navbatdagi ommaviy qabul o‘tkazildi.
Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan tadbirda aholini qiynayotgan 7 ta murojaat ko‘rib chiqildi. Ularning asosiy qismi oilaviy masalalar, sog‘liqni tiklash hamda “Ayollar daftari” orqali moddiy yordam olish bilan bog‘liq bo‘ldi.
Muloqot yakuniga ko‘ra, murojaatlarning 5 tasi joyida ijobiy hal etildi, qolganlari bo‘yicha esa aniq chora-tadbirlar belgilanib, tegishli idora va tashkilotlarga yo‘naltirildi.

