Sayyor qabul o`tkaziladi!
2026-03-28 09:00:00 / Yangiliklar

Hurmatli Olmaliq shahri fuqarolari!
Ertaga, 29-mart kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar Olmaliq shahar Ichki ishlar bo‘limi binosida Toshkent viloyati IIBB 2-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi boshlig‘i, podpolkovnik Sayidov Nodirbek Bahodirovich rahbarligida fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishga qaratilgan navbatdagi sayyor qabul o‘tkaziladi.
Qabul davomida fuqarolar ichki ishlar sohasiga oid muammo va takliflari bilan bevosita murojaat qilishlari mumkin.
