Maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
2026-03-29 15:10:00 / Yangiliklar

Olmaliq shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va hamkor tashkilotlar ishtirokida 1-sonli oilaviy poliklinikada o‘tkazilgan maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari tibbiyot muassasasi xodimlari va qutqaruv tuzilmalarining yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlardagi shayligini amalda sinovdan o‘tkazishga xizmat qildi.
Tadbir davomida yong‘inni bartaraf etish, xodimlarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish hamda jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘nikmalar mustahkamlandi.





