Olmaliq shahar Bolalar masalalari bo‘yicha komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2026-03-30 17:10:00 / Yangiliklar

Jarayonda shahar IIB hamda ta’lim muassasalari tomonidan kiritilgan taqdimnomalar asosida huquqbuzarlikka moyil, tarbiyasi og‘ir bo‘lgan voyaga yetmaganlar hamda farzandi tarbiyasiga befarq munosabatda bo‘layotgan ota-onalar masalasi atroflicha muhokama qilindi.
Muhokamalarda bir qator ota-onalarga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralarini qo‘llash belgilandi. Shuningdek, o‘z xizmat vazifalariga loqaydlik bilan yondashgan mas’ul shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.
Yig‘ilish davomida ayrim yoshlar bilan individual ishlashni yo‘lga qo‘yish maqsadida ularga murabbiylar biriktirildi. Shu bilan birga, xorijiy davlatlarga ko‘chib ketayotgan oilalar farzandlarini maktab o‘quvchilari safidan chiqarish, shuningdek, Vatanga qaytib kelgan bolalarni umumta’lim muassasalariga qabul qilish bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi.

