Insonparvarlik tamoyillari – amalda!
2026-03-30 17:05:00 / Yangiliklar

Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmaliq shahar sudi tomonidan sayyor sud majlisi o‘tkazildi.
Unda Olmaliq shahar IIB Probatsiya guruhi hisobida turgan 6 nafar nazorat ostidagi shaxslarga oid taqdimnomalar ko‘rib chiqildi.
Sud jarayonida ushbu shaxslar muqaddam sodir etgan jinoyatlaridan tegishli xulosa chiqarib, tayinlangan jazoni namunali xulq bilan o‘tayotgani hamda tuzalish yo‘liga o‘tgani inobatga olindi. Shu asosda, ularning o‘talmagan jazolari muddatidan ilgari shartli ravishda bekor qilindi.
