Muhim masalalar muhokama qilindi
2026-03-30 11:00:00 / Yangiliklar

Olmaliq shahar hokimi Qobil Xamdamov raisligida korxona, tashkilot va muassasa rahbarlari ishtirokida "Hokimlik soati" yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda "Yashil makon" umummilliy loyihasi, mahalliy byudjet rejasining bajarilishi, hokim yordamchilarining sohalar kesimidagi faoliyati, 2026 yilning shu davrigacha aholidan kelib tushgan murojaatlar tahlili kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi har bir masala yuzasidan tegishli mas’ullarga ko‘rsatmalar berilib, vazifalar belgilab olindi.



