Bugungi e’tibor — ertangi muvaffaqiyat garovidir!
2026-03-19 13:45:00 / Yangiliklar

Shahar hokimi bayram tadbiri doirasida navqiron avlod vakillari bilan dildan suhbat qildi. Uchrashuv shunchaki rasmiyatchilik emas, balki samimiy muloqot ruhida o‘tdi.
Hokim har bir o‘g‘il-qizning orzu-intilishlari, oldiga qo‘ygan rejalari bilan qiziqdi. Yoshlar tomonidan ilgari surilgan yangi g‘oya va takliflar tinglandi.
"Sizlarning har bir taklifingiz shahrimiz rivoji uchun muhim," — ta’kidladi shahar rahbari.




