"Nuroniylar kuylaganda": g`oliblar aniqlandi
2026-03-12 15:00:00 / Yangiliklar

Olmaliq shahrida “Nuroniylar kuylaganda” shiori ostida nuroniylar o‘rtasida maqom va milliy yo‘nalishdagi qo‘shiqlar ijrochiligi bo‘yicha ko‘rik-tanlovning shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovni “Nuroniy” jamg‘armasi shahar bo‘limi raisi Muxiddin Abdullayev ochib berdi. Nizomga ko‘ra, ishtirokchilar 60 yoshdan yuqori erkaklar va 55 yoshdan yuqori ayollardan iborat bo‘lib, ular yakkaxon tartibda qatnashdi.
Tanlov 3 shart — tanishtiruv, maqom yoki milliy qo‘shiq ijrosi hamda folklor yo‘nalishida erkin ijro bo‘yicha baholandi. Yakunga ko‘ra, 3-o‘rin Nargiza O‘razaliyeva va Xayrinisa Bektemirovaga, 2-o‘rin Saydinisa Begmatovaga nasib etdi. 1-o‘rinni esa Abdusaid Turdiyev egallab, tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilar “Nuroniy” jamg‘armasi shahar bo‘limi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.



