«School Quiz» intellektual o‘yini tashkil etildi
2026-03-06 15:00:00 / Yangiliklar

18-umumta’lim maktabida 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan «School Quiz» intellektual o‘yini tashkil etildi.
CHQBT rahbari Z. Majidov hamda «Vatan tayanchi» otryadi tashabbusi bilan o‘tkazilgan ushbu bellashuvda 8-, 9- va 10-sinf o‘quvchilari faol ishtirok etdilar. Qizg‘in bahslarga boy o‘tgan o‘yin davomida jamoalar nafaqat o‘z bilimlarini, balki tezkor fikrlash va ahillik bilan to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyatlarini namoyish etib, tadbirga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladilar.
Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilarning intellektual salohiyatini oshirish va bayram arafasida maktab jamoasiga ko‘tarinki kayfiyat ulashishdan iborat bo‘ldi.



