Deputat ayollar e`zozlandi
2026-03-06 13:20:00 / Yangiliklar

Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashida bayramona shukuh hukmron bo‘ldi.
Kengashning faol, tashabbuskor va fidoyi ayol deputatlarini bayram bilan qutlash maqsadida Kengash yigitlari tomonidan o‘ziga xos tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi raisi Doniyor Karimov so‘zga chiqib, barcha deputat ayollarni, shahar rivoji yo‘lida xizmat qilayotgan xotin-qizlarni samimiy muborakbod etdi.


