Uch avlod uchrashuvlari davom etmoqda
2026-02-11 10:00:00 / Yangiliklar

Hududda avlodlar o‘rtasida o‘zaro muloqotni mustahkamlash, milliy qadriyatlar va hayotiy tajribani yoshlar ongiga singdirish maqsadida “Uch avlod uchrashuvi” tadbirlari davom etmoqda.
Ana shunday uchrashuvlardan biri "Namuna" mahalla fuqarolari yig‘ini hududidagi 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda keksa avlod vakillari, ota-onalar hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etib, hayot saboqlari, ma’naviy tarbiya va vatanparvarlik mavzularida fikr almashdilar.
"Nuroniy" jamg‘armasi shahar bo‘limi raisi M.Abdullayev davlat va jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Murojaatnomaning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan ustuvor yo‘nalishlar haqida ma’lumot berdi.
Mazkur uchrashuvlar yosh avlodni ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, oilaviy va jamiyatdagi hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

