"Uch avlod uchrashuvi" bo`lib o`tdi
2026-02-05 15:25:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 5-fevral kuni Respublika ishchi guruhi tomonidan Olmaliq shahar Abdulla Avloniy nomli mahalla fuqarolar yig‘ini fuqarolari bilan mahalla nuroniylari, uyushmagan yoshlar, MFY xodimlari, shahar Nuroniylar jamoatchilik kengashi a’zolari ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.
Tadbirning asosiy maqsadi Davlatimiz rahbarining 2025-yil 26-dekabrdagi Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazishdan iborat bo‘ldi.
Shuningdek, tadbirda Vatan himoyachilari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, jumladan o‘qish, kasb-hunar, sport va kitobxonlik yo‘nalishlarida rag‘batlantirish choralari haqida ma’lumot berilib, aholini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan savollarga javoblar berildi.


