Rahbar va yoshlar uchrashuvi!
2026-01-15 18:25:00 / Yangiliklar

Shahar hokimligi hamda Yoshlar ishlari agentligi Olmaliq shahar boʻlimi tashabbusi bilan shahrimizning mutasaddi rahbarlar boshchiligida yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarni harbiy xizmatga yoʻnaltirish, ularning bu boradagi qiziqish va savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, yoshlarni qiziqtirgan dolzarb masalalar yuzasidan ochiq muloqot oʻtkazilib, barcha savollarga atroflicha javoblar berildi.
Mazkur uchrashuv yoshlarning vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, ularni harbiy xizmatga tayyorlash va qoʻllab-quvvatlashga xizmat qildi.



