O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasining telegram-boti ishga tushirildi!
2026-10-12 16:25:00 / E’lonlar
O‘zbekiston yuristlar assotsiatsiyasi tomonidan BMT Taraqqiyot Dasturining “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi doirasida fuqarolarga bepul birlamchi yuridik maslahatlar berish,qonunchilik bo‘yicha tushuntirishlar taqdim etish hamda zarur huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ko‘maklashish maqsadida maxsus @ULA_ProBono_bot telegram-boti ishlab chiqildi.
Mazkur bot orqali yuridik mavzuda o‘z savollaringizni yuborishingiz va kerakli ma’lumotlarni olishingiz mumkin.
