20-NOYABR — BUTUNJAHON BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI
2026-11-20 18:00:00 / Yangiliklar

20-noyabr — Butunjahon bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Ohangaron shahrida “Bolalik formulasi” nomli ochiq muloqot o‘tkazildi.
Ochiq muloqot davomida o‘quvchilarning ta’lim, kitobxonlik, ilm-fan, ijod va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlardagi fikr va takliflariga alohida e’tibor qaratildi.
Yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, zamonaviy ta’lim platformalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida “Mutolaa”, “Ustoz AI”, “UzChess” va “Ibrat Academy” loyihalari uchun bepul PROMOKODLAR va kitoblar taqdim etildi.
Zero, bolalarga yaratilgan imkoniyat — kelajak taraqqiyotiga qo‘yilgan mustahkam poydevordir.
“Bolalik formulasi” ochiq muloqoti bolalarning fikrini tinglash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalash yo‘lidagi muhim muloqot maydoni bo‘lib xizmat qildi.






