KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH — USTUVOR VAZIFA
2026-11-17 15:50:00 / Yangiliklar

Ohangaron shahar Madaniyat markazida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda Toshkent viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining korrupsiyaga qarshi ichki komplayens nazorat xodimi F.Marupov, shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Abdusattarov hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilish kun tartibida korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat fuqarolik xizmati va manfaatlar to‘qnashuviga oid 4 ta qonun hujjatining mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya etishi, budjet mablag‘laridan qonuniy va maqsadli foydalanish, faoliyatda shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida har bir xodim o‘z faoliyatida qonuniylik, halollik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy amal qilishi zarurligi ta’kidlandi.



