Shaxsiy qabul
2026-11-17 12:05:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 17-noyabr kuni shahar Xalq qabulxonasida shahar hokimi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Kamola Usmanova tomonidan shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati, oilaviy va ijtimoiy yordam masalalariga oid murojaatlari tinglandi.
Murojaatlarning 2 tasi joyida ijobiy hal etildi, qolgan murojaatlar esa tegishliligi bo‘yicha mas’ul tashkilot va mutasaddilarga yo‘naltirildi.
Fuqarolar murojaatlarining ijrosini ta’minlash va ko‘tarilgan masalalarni amaliy hal etish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.
