Kuz-qish shtab holati o'rganildi
2026-11-16 09:00:00 / Yangiliklar

Ohangaron shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Shavkat Abdusattarov hamda shahar prokurori yordamchisi Sardorbek Nabijonov tomonidan kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan shahar shtabining holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida navbatchilik xizmati, maxsus texnikalar va mas’ul xodimlarning favqulodda vaziyatlarga tezkor munosabat bildirishga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi.
Mas’ullarga sovuq kunlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish, aholidan kelib tushadigan murojaatlarga tezkor munosabat bildirish hamda xizmatlarning uzluksiz faoliyatini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.


