Qonunçilikdagii yangiliklar
2026-10-28 12:00:00 / Yangiliklar

‼️ Endi fuqarolar bir qator xizmatlardan foydalanişda hujjatlarning qoğoz nusxasini taqdim etişlari şart emas
Adliya vazirligi hujjatlarning qoğoz şakli örniga elektron şaklini taqdim etişga oid idoraviy hujjatlarni davlat röyxatidan ötkazdi (röyxat raqamlari 3958 va 3959, 2026-yil 20-oktyabr).
☑️Mazkur hujjatlar bilan 33 ta idoraviy hujjatga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi. Ular fuqarolar hujjatlarning elektron şaklini taqdim etişi va tegişli taşkilotlar ularni qabul qilişi imkoniyatini yaratadi.
📝Unga köra, biometrik pasport, ID-karta, tuğilganlik va nikoh guvohnomalari, pensiya guvohnomasi, nogironlik töğrisidagi ma’lumotnoma, uruş qatnaşçisi guvohnomasi yoki talabalik guvohnomasi kabi hujjatlarning qoğoz şakli örniga my.gov.uz va “Ijtimoiy karta” mobil ilovasidagi elektron şaklidan foydalaniş mumkin.
✅Raqamli hujjatlar quyidagi holatlarda qabul qilinadi:
🔘banklarda – bank xizmatlaridan foydalanişda va ayrim moliyaviy operasiyalarni amalga oşirişda şaxsni tasdiqlaşda;
🔘notarial idoralarda – tegişli notarial harakatlarni amalga oşirişda;
🔘aeroportlarda – Özbekiston içidagi aviareyslarga röyxatdan ötişda;
🔘uruş qatnaşçilariga kompensasiya berişda;
🔘telekommunikasiya xizmatlari körsatişda – abonent bilan xizmat şartnomasini tuzişda;
🔘qon va uning tarkibiy qismlarini topşirişda – donorning şaxsini tasdiqlaşda;
🔘lombardlar bilan şartnoma tuzişda;
🔘tibbiy-ijtimoiy muassasalarda pullik xizmatlar körsatişda;
🔘fuqarolarni harbiy röyxatga olişda va boşqa bir qator xizmatlarni körsatişda.
🔎Ma’lumot uçun, Hukumat qaroriga (897-son, 27.12.2024 y.) muvofiq şaxsni tasdiqlovçi va boşqa bir qator hujjatlarning unifikasiyalangan raqamli servislari joriy etilgan.
