RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI: MULOQOT, TAKLIF VA AMALIY YECHIM!
2026-11-06 14:50:00 / Yangiliklar

Ohangaron shahar Yoshlar markazida shahar prokurori M.Umarov hamda shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Soxib Axmedov ishtirokida yosh mutaxassislar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuvda xalq ta’limi, tibbiyot hamda Ichki ishlar vazirligi Qo‘riqlash xizmati tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlarning taklif va tashabbuslari, ularni o‘ylantirayotgan masalalar hamda mavjud muammolari tinglandi.
Ochiq muloqot davomida yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, murojaatlarini o‘rganish va ko‘tarilgan masalalarga amaliy yechim topish yuzasidan fikr almashildi.





