Shaxsiy qabul
2026-11-05 09:00:00 / E'lonlar

Bugun, 5-noyabr kuni soat 10:00 da Xalq qabulxonasi binosida shahar hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sardorxon Ne‘matxonov tomonidan shaxsiy qabuli o‘tkaziladi.
Mazkur qabulda:
- qurilish va yer bilan bog‘liq masalalar,
- ichimlik suvi, gaz, elektr ta’minoti va boshqa kommunikatsiya masalalari,
- kommunal xo‘jalik xizmatlari,
- ekologiya va ko‘kalamzorlashtirishga oid muammolar yuzasidan murojaat qilishlari mumkin.
Hurmatli fuqarolar, yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha mavjud muammo va takliflaringiz bilan ushbu qabulda faol ishtirok etishingiz mumkin.
