TASHABBUSGA E’TIBOR — NATIJAGA KO‘MAK!
2026-11-05 10:40:00 / Yangiliklar

Ohangaron shahri Navbahor mahallasida limonariya va issiqxonada gulchilik faoliyatini rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida shahar hokimi o‘rinbosari Soxib Axmedov hamda Yoshlar ishlari agentligi Ohangaron shahar bo‘limi boshlig‘i Abdulaziz Uralov ishtirok etib, mavjud ehtiyojlar bilan tanishdilar. Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-oktabrdagi 35-son yig‘ilish bayon ijrosi doirasida Yoshlar daftari jamg‘armasi hisobidan amaliy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rildi.

