KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA XAVFSIZLIK TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
2026-11-04 09:00:00 / Yangiliklar

Aholining kuz-qish mavsumini xavfsiz va betalafot o‘tkazishini ta’minlash maqsadida Ohangaron shahrining Boʻston mahallasida manzilli o‘rganishlar tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari, mahalla faollari, hududiy gaz ta’minoti tashkiloti hamda tegishli mas’ullar ishtirok etdi.
Jarayon davomida xonadonlarning isitish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirilib, isitish moslamalari, gaz jihozlari va mo‘rilardan xavfsiz foydalanish, is gazidan zaharlanish hamda boshqa ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mas’ullar tomonidan fuqarolarga xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilish yuzasidan tushuntirishlar berilib, tegishli tashkilotlarga aholi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

