“XAVFSIZ VA SOG‘LOM YURT” TEZKOR-PROFILAKTIK TADBIRI DAVOM ETMOQDA
2026-11-04 11:10:00 / Yangiliklar

Ohangaron shahar IIB boshlig‘i, podpolkovnik S.Kamilxanov rahbarligida shahar hududidagi Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida "XAVFSIZ VA SOG‘LOM YURT" keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirining 3-bosqichi o‘tkazilmoqda.
Xususan, Ohangaron shahrida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda mahallalarda sog‘lom va osoyishta muhitni shakllantirish borasida keng qamrovli profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.
Tadbir doirasida mahalla hududida jamoat tartibini saqlash, kriminogen vaziyatni chuqur o‘rganish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikka sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan manzilli profilaktik suhbatlar o‘tkazish, yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, oilaviy-maishiy nizolarni barvaqt aniqlash, aholi murojaatlari va mavjud muammolarni o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Mahalla faollari va aholi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan mazkur ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — har bir xonadonda tinchlikni ta’minlash, har bir ko‘chada xavfsiz muhitni shakllantirish va fuqarolarning osoyishta hayot kechirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdir.
Zero, jinoyatchilikning oldini olish — uning oqibatlari bilan kurashishdan ko‘ra muhimroqdir. Bu borada har bir fuqaro, har bir mahalla va har bir mas’ul xodimning hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Ogohlik va hamjihatlik — xavfsiz mahalla garovi!
Tinch yurtda yashash — baxt, uni asrash esa barchamizning burchimiz!

