Shaxsiy qabul
2026-11-03 13:00:00 / Yangiliklar

Bugun shahar Xalq qabulxonasida shahar hokimi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Kamola Usmanova tomonidan shaxsiy qabullari o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy hamda moddiy yordam masalalariga oid murojaatlari tinglandi.
Murojaatlarning 3 tasi joyida ijobiy hal etildi, qolgan murojaatlar esa tegishliligi bo‘yicha mas’ul tashkilot va mutasaddilarga yo‘naltirildi.
Fuqarolar murojaatlarining ijrosini ta’minlash va ko‘tarilgan masalalarni amaliy hal etish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

