Davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi
2026-11-02 10:20:00 / Yangiliklar

Toshkent viloyati Ohangaron shahri hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Mirzayeva tomonidan shahar Dehqon bozorida joylashgan tadbirkorlik subyektlariga tegishli bo'lgan tashqi reklama vositalari, peshlavhalar holati o‘rganildi.
O'rganish natijasiga ko‘ra, ayrim tadbirkorlar tomonidan "Davlat tili haqida"gi qonun, "Reklama to'g'risida"gi qonun talablari buzilish holatlariga yo'l qo'yilganligi ma'lum bo'ldi.
Shu munosabat bilan tadbirkorlik subyektlariga kelgusida tashqi reklama obyektlarini joylashtirishda amaldagi qonunchilik, davlat tili talablari va estetik me’yorlarga qat’iy amal qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.


