Ohangaron shahrida yong‘in xavfsizligi va favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalalari bo‘yicha amaliy o‘rganish o‘tkazildi
2026-10-30 12:50:00 / Yangiliklar

Viloyat hokimligi huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari bo‘yicha guruh rahbari F.Mirzayev hamda Bozorlar va savdo komplekslari uyushmasi boshqaruvi raisi A.Abdulxayev Ohangaron shahar dehqon va buyum bozorlarida bo‘lishdi.
Tashrif davomida bozorda yong‘in xavfsizligini ta’minlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida tadbirkorlar o‘rtasida seminar va tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida mas’ullar bozordagi umumiy holat va infratuzilmani ko‘zdan kechirishdi. Xususan, bozor hududida tashkil etilgan situatsion markaz faoliyati va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishildi. Bozor hududidagi chet tillariga ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi faoliyati ko‘zdan kechirilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.
Yakunda bozordagi mavjud kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish hamda xavfsizlik choralarini yanada kuchaytirish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.






