Ohangaron shahrida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi
2026-10-29 19:55:00 / Yangiliklar

Mazkur tanlov iqtidorli, bilimli va tashabbuskor xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish hamda yoshlar o‘rtasida ilm-fan, ta’lim, madaniyat va san’atga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.
Tanlov davomida hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning bilim va salohiyati, erishgan yutuqlari, ijodiy ishlari hamda jamiyat hayotidagi faolligi munosib baholandi.
Ta’kidlash joizki, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti yosh xotin-qizlar uchun o‘z iste’dodini namoyon etish, yangi marralarni zabt etish hamda yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shish yo‘lida muhim rag‘bat manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.






