Ohangaron shahrida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish samaradorligi oshirilmoqda
2026-10-29 16:00:00 / Yangiliklar

Ohangaron shahar hokimligida muassasa va tashkilotlarda quyosh panellaridan samarali foydalanish hamda energiya tejamkorligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan seminar-yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida prokuror o‘rinbosari S.Nabijonov va hokimlik energiya menejeri A.Andaqulov tomonidan energiya resurslarini tejash va qayta tiklanuvchi energiya uskunalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha muhim vazifalar ko‘rsatib o‘tildi. Shuningdek, «Uy+» MChJ vakillari tomonidan sohaga joriy etilgan «Uy+» platformasining afzalliklari bo‘yicha batafsil taqdimot o‘tkazildi.
Yig‘ilish yakunida ijtimoiy soha va kommunal xizmat ko‘rsatish muassasalari mas’ullariga energiya monitoringini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi.Ohangaron shahar hokimligida muassasa va tashkilotlarda quyosh panellaridan samarali foydalanish hamda energiya tejamkorligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan seminar-yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida prokuror o‘rinbosari S.Nabijonov va hokimlik energiya menejeri A.Andaqulov tomonidan energiya resurslarini tejash va qayta tiklanuvchi energiya uskunalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha muhim vazifalar ko‘rsatib o‘tildi. Shuningdek, «Uy+» MChJ vakillari tomonidan sohaga joriy etilgan «Uy+» platformasining afzalliklari bo‘yicha batafsil taqdimot o‘tkazildi.
Yig‘ilish yakunida ijtimoiy soha va kommunal xizmat ko‘rsatish muassasalari mas’ullariga energiya monitoringini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berildi.


