Inson salomatligi va tibbiy xizmat sifati — doimiy e’tiborda
2026-10-29 10:15:00 / Yangiliklar

Bugun shahar hokimi Sadriddin Shoqosimov shahar tibbiyot birlashmasida soha rahbarlari va tibbiyot xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig'ilishda aholi salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarning oldini olish va ularni barvaqt aniqlash ishlarini yanada kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shu bilan birga, tibbiyot muassasalarida sanitariya-gigiyena talablariga qat'iy rioya etish, bemorlar xavfsizligini ta'minlash hamda xodimlarining muomala va xizmat ko'rsatish madaniyati oshirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Ochiq muloqot tarzida o'tgan uchrashuvda tibbiyot xodimlarining taklif va murojaatlari tinglanib, ularni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.
Shahar rahbari o'z so'zida tibbiyot tizimida shaffoflikni ta'minlash, har qanday korrupsion holatlarning oldini olish va sohada adolat muhitini qaror toptirish bo'yicha mas'ullarga qat'iy topshiriq va ko'rsatmalarni berdi.




