IS GAZIDAN ZAHARLANISH VA YONG‘INLARNING OLDINI OLISH BO‘YICHA O‘RGANISHLAR OLIB BORILMOQDA
2026-10-28 16:00:00 / Yangiliklar

Shahar hokimi o‘rinbosari Sardorxon Ne’matxonov, shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Murodjon Darxanov hamda tegishli tashkilotlar rahbar va xodimlari ishtirokida shahardagi xususiy korxonalar, qurilish obyektlari, issiqlik tizimlari va ko‘p qavatli turar joylarda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida xonadonlardagi gaz plitalari va isitish tizimlarining holatiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi va yong‘inlarning oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rib chiqildi.
O‘rganishlar davomida xavfsizlik qoidalariga rioya etish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish hamda profilaktik tushuntirish ishlarini kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Xavfsizlik qoidalariga rioya etish — inson hayoti va salomatligini asrashning muhim garovidir.





